19 noy 18:26
Yangiliklar
Rojer Federer Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritiladi
Marosim 2026 yilning 27-29 avgust kunlari AQSHning Rod-Aylend shtatidagi Nyuport shahrida bo'lib o'tadi.
"Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritilish va ko'plab buyuk chempionlar bilan bir qatorda turish men uchun ulkan sharaf. Faoliyatim davomida men tennis tarixini va mendan oldin o'tgan o'yinchilarni qadrlab kelganman, bu o'zim uchun o'rnak bo'lib xizmat qiladi. Ushbu sport turidagi tengdoshlarimdan bunday etirofga sazovor bo'lish juda katta sharaf. Men kelasi yil avgust oyida tennis hamjamiyati bilan ushbu maxsus lahzani nishonlash uchun Nyuportga tashrif buyurishni intiqlik bilan kutaman", deya bunga munosabat bildirdi Federer.
Rojer Federer 43 yoshda. U 2008 yilgi Olimpiya o'yinlarining juftlik bahslari chempioni va 2012 yilgi Olimpiya o'yinlarining yakkalik bahslarida ikkinchi o'rinni egallagan.
Fikrlar