17 iyu 16:20
Yangiliklar
Tennis

Federer nima uchun "grunt kortlar"dagi o'yinlarni o'tkazib yuborgani haqida gapirdi
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer nima uchun tuproqli kortlardagi mavsumni o'tkazib yuborgani haqidagi savolga javob berib o'tdi.
"Odamlar o'z fikrlarini istaganlaricha bildirishlari mumkin. Biroq, men muntazam ravishda o'ynashim lozim degan fikrlarga qo'shilmayman. O'zim uchun yuqori rejalarni belgilab olganman va muxlislar meni faqat eng yuqori saviyadagi o'yinlarimni ko'rishlarini istayman.
Grunt kortlarda ham yaxshi o'ynayman. Ammo, bu men uchun etarli bo'lmaydi.
Turda 20-mavsumni o'tkazyapman. Ularning 17tasida men yanvardan noyabrgacha tanaffussiz o'tkazganman. Xatto Xyuitt va Roddiklar vaqtida tanaffus qilishgan, men esa doim o'ynaganman", - dedi Federer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar