27 okt 07:53
Yangiliklar
Futbol

Federer o'z vatanidagi turnirda yarim finalga chiqdi
Dunyoning uchinchi raketkasi Rojer Federer SHveycariyaning Bazel shahrida o'tkazilayotgan nufuzli tennis turniridagi ishtirokini davom ettirmoqda.
SHveycariyalik tennis yulduzi Swiss Indoors Basel turnirining chorak finalida franciyalik Jil Simonga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 34 daqiqa davom etgan bahsda Federer reytingning 32-pog'onasida borayotgan raqibini 7/6(1), 4/6, 6/4 hisobida mag'lub etdi.
Federer bahs davomida 15ta eys zarbasini berishga muvaffaq bo'ldi. Jilda esa ey zarbalar soni 8tani tashkil etdi. Endi Rojer yarim finalda greciyalik Stefanos Cicipasdan ustun kelgan rossiyalik Daniil Medvedev bilan to'qnash keladi.
Havola :
Fikrlar