27 okt 08:57
Yangiliklar
Tennis

Federer o'z yurtidagi turnirda chorak finalga chiqdi
Dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi Rojer Federer SHveycariyaning Bazel shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirda chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
SHveycariyalik tennis yulduzi ilk bosqichda amerikalik Frensis Tiafoni 6:1, 6:3 hisobida mag'lub etgandi. Rojer 57 daqiqa davom etgan ikkinchi davra uchrashuvida franciyalik Benua Perdan 6:1, 6:3 hisobida ustun keldi.
Endi Federer Swiss Indoor s Basel turnirining chorak
finalida franciyalik Adrian Mannarinoga qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi ikkinchi
davrada kanadalik Denis SHapovalovni 4:6, 6:1, 6:2 hisobida engdi.
Havola :
Fikrlar