15 okt 09:20
Yangiliklar
Tennis
Federer - professional faoliyati haqida: "Huddi meni limon kabi siqib, so'nggi tomchimni ham so'rib olishgandek"
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi, sobiq tennischi Rojer Federer tennisdan keyingi faoliyati haqida gapirdi.
"Nafaqada ham baxtliman. Men uchun ortga yo'l qolmagan. O'z vaqtida turlar davomida maksimal kuchimni sarflaganman. SHunday tuyulmoqdaki, huddi meni limon kabi siqib, so'nggi tomchimni ham so'rib olishgandek. Men tennis uchun o'zimda borini berdim va menda hech nima qolmagandek.
Endi men ham Sizlar kabi tennisning muxlisiga aylandim. Biroq bu qanday bo'ldi? SHunchaki, ajoyib! Albatta, o'sha kunlarni sog'inaman, biroq endi hayotimda boshqa sahifa ochilgan. O'tgan yil menga katta saboqlarni berdi.
Endi o'zim uchun tennisni kam o'ynasam, bolalarim uchun ko'proq o'ynayapman. Umid qilamanki, dunyo bo'ylab ko'rgazmali o'yinlarda ishtirok etaman, shu jumladan SHanxayda ham", - dedi Federer.
Havola :
Manba : tennis365.com
Fikrlar