31 okt 11:10
Yangiliklar
Tennis

Federer: "Reytingda Nadalni quvib o'tishga tayyor emasman"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer Parijdagi "Masters"da ishtirok etmasligi sababini aytib o'tdi.
"Qarorni Bazeldagi turnir yakunlanganidan so'ng qabul qilishim kerakligini oldindan bilgandim. Organizmimga dam kerak. Buni his qilyapman. Odamlar muntazam tennis o'ynash oson narsa deb o'ylaydilar. Lekin, bunday emas.
Ha, men chempionlik poygasi haqida o'ylagandim. Lekin, Rafadan yaxshigina farq bilan ortda qolib ketgandim. Reytingda o'sishga harakat qilib, o'zimga zarar qilib qo'yishni istamayman. Bunga tayyor emasman", - deydi Federer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar