17 may 10:05
Yangiliklar
Tennis

Federer “Rolan Garros” turnirida ishtirok etmaydi
SHveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federer “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yilning 4ta nufuzli turniridan biri “Rolan Garros”da ishtirok etmasligini malum qildi.
– Franciya Ochiq chempionatida qatnashmaslikka qaror qildim. Grunt mavsumini o'tkazib yuborishni afzal bildim. Bor etiborimni xard va chim qoplamali kortlarda o'tkaziladigan turnirlarga qarataman”, - dedi Federer.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli tennischi 2009 yilda “Rolan Garros” turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi. Bu yilgi musobaqa 28 may kuni boshlanib, 11 iyunda yakunlanadi.
Havola :
Fikrlar