01 may 15:50
Yangiliklar
Tennis

Federer: "Rolan Garros"ga shunchaki ishtirok uchun bormoqchi emasman"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer Franciya ochiq chempionati haqida gapirib o'tdi.
"Rolan Garros" uchun ro'yxatdan o'tganman va u erda o'ynamoqchiman. Qumli kortlarga o'tish uchun motivaciya kerak. U erga shunchaki bormoqchi emasman.
Nima bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydi. Mayli, Rafa favorit bo'laqolsin. U qumli kortlarda qirol ekanligini yana bir marotaba isbotladi. SHuningdek, o'tgan yilgi g'olib - Novak ham g'alaba uchun kurashadi. Aynan ular g'oliblik uchun asosiy davogar hisoblanadilar. Demak, barchasi juda qiyin. Lekin, Parijga boraman", - deydi tennischi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar