01 apr 09:25
Yangiliklar
Tennis

Federer so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi startni qayd etdi
SHveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federer Miami Open-2017 turnirining chorak finalida chexiyalik Tomash Berdixdan ustun (6:2, 3:6, 7:6 (6)) kelgandi.
Bu Rojerning joriy 2017-yilgi mavsumdagi 17-g'alabasi bo'ldi. Uning hisobida bor yo'g'i bitta mag'lubiyat bor. Federer Dubaydagi turnirda kutilmaganda rosssiyalik Evgeniy Dosnkoyga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Ushbu natijasi bilan shveycariyalik tennischi so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi startni oldi. Federer 2006-yilgi mavsumda 33ta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etgan edi.
Malumot uchun, Rojer Federer dushanba kuni elon qilinadigan ATPning reytingida TOP-5talikdan joy oladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar