17 noy 17:05
Yangiliklar
Tennis

Federer Tokiodagi Olimpiadaga bormasligi mumkinligini aytdi
SHveycariyalik tennischi 2020 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiada uchun rejalari haqida gapirib o'tdi.
"Bilasizmi, Tokiodagi o'yinlar mening asosiy maqsadim emas. Albatta, Riodagi Olimpiadani o'tkazib yuborganimdan afsusdaman. Lekin, buni qabul qila oldim. Men uchun ochilish marosimida o'z mamlakatimning bayrog'ini ko'tarib chiqish g'urur bag'ishlagan bo'lardi. Men oltin va kumush medallarni qo'lga kiritganman. Menimcha bu borada ko'p narsaga erishganman. SHuning uchun juda uzoqqa ketib qolmayman", - dedi Federer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar