02 jan 17:51
Yangiliklar
Tennis

Federer uchinchi marotaba ham "Rolan Garros"da qatnashmasligi mumkin
Rojer Federer “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi so'nggi ikkita Rolan Garros musobaqasi hamda Parij “Masters” turnirida ishtirok eta olmagandi.
Federer Franciyaning mashhur L’Equipe nashriga bergan intervyusida bu haqda alohida to'xtalib, Parij “Masters” hamda Rolan Garros turnirida ishtirok etishga kafolat bera olmasligini malum qilgan.
“Yo'q, men bu ikki nufuzli turnirda ishtirok etishimga kafolat bera olmayman. Bu savolga juda ham “Ha” deb javob berishni istardim. Ammo, lekin, biroq... Xard qoplamali kortlardan gruntga o'tish juda ham murakkab jarayon. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar hamisha bu borada meni ogohlantirib kelishgan”, - dedi Federer.
Havola :
Fikrlar