30 iyu 11:16
Yangiliklar
Futbol

Federer "Uimbldon"da ikkita rekordni yangilashi mumkin
SHveycariyalik tennis afsonasi Rojer Federer ertadan asosiy to'r bahslari start oluvchi Uimbldon turnirida tarixiy natijalarga erishishi mumkin.
Birinchidan, u Uimbldon turnirida 100 ta g'alabaga erishgan birinchi tennischiga aylanishi mumkin. Buning uchun Rojer kamida yarim finalga qadar etib borishi lozim.
Ikkinchidan, Federer afsonaviy Jimmi Konnorsga tegishli rekordni ham yangilashi mumkin. Konnors faoliyati davomida maysa qoplamali turnirlarda 185 ta g'alabaga erishgan. Rojerda g'alabalar soni - 181 ta.
SHu yili Federerda Australian Open turnirida 100 ta uchrashuvda g'alaba qozongan ilk tennischi bo'lish imkoniyati bor edi. Lekin u finalga qadar etib bora olmagandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar