28 avg 17:40
Yangiliklar

Federer "US Open"dan so'ng ATR reytingi etakchisiga aylanib olishi mumkin
Qura natijalariga ko'ra, tennischilar yarim finalda to'qnash kelishlari mumkin.
Nadal etakchilikni saqlab qolishi mumkin:
- turnir g'olibiga aylansa yoki finalga chiqsa;
- yarim finalga chiqsa, lekin Federerga yutqazmasa;
- Federer yarim finalga chiqmasa, Nadal ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi, chorak final bosqichlariga etib borsa;
- ilk o'yinida yutqazib qo'ysa, Federer chorak finalga etib borolmasa.
Federer reyting etakchisiga aylanadi:
- sovrinni qo'lga kiritsa yoki finalga chiqsa;
- yarim finalga chiqsa va uning raqibi Nadal bo'lmasa
- chorak finalga chiqsa va Nadal birinchi bosqichda yutqazib qo'ysa.
Agar tennischilar yarim finalda to'qnash kelsalar, o'zaro o'yinda ATR reytingi etakchiligi hal bo'ladi.
Fikrlar