28 jan 12:43
Yangiliklar
Tennis

Federer vs CHilich: Birozdan so'ng Australian Open finali boshlanadi
Bir necha daqiqalardan so'ng Melburn shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Australian Open musobaqasining final uchrashuvi boshlanadi.
Hal qiluvchi bahsda shveycariyalik Rojer Federer hamda xorvatiyalik Marin CHilich o'zaro to'qnash kelishadi. Dunyoning ikkinchi raketkasi hisoblangan Federer bugun g'alaba qozongan taqdirda Australian Open turnirning olti karra g'olibiga aylanadi.
O'z
o'rnida CHilich Avstraliya Ochiq chempionatining finalida o'ynagan birinchi xorvatiyalik
tennischiga aylanadi. Tennischilar shu kungacha o'zaro 9 marotaba to'qnash kelishgan. Uchrashuvlarning
8tasida Federer, faqat bittasida CHilich g'alaba qozongan. Ular Avstraliya Ochiq
chempionatlari tarixida hali o'zaro uchrashishmagan edi.
Havola :
Fikrlar