24 avg 15:11
Yangiliklar
Tennis

Federer yilning uchinchi "Ulkan toj"ini yutishga umid qilmoqda
Avstraliya ochiq chempionati va "Uimbldon"da shu yil g'olib chiqishga ulgurgan Rojer Federer yaqinlashib kelayotgan AQSH ochiq chempionatidagi imkoniyatlari haqida gapirib o'tdi.
"G'alaba qozonish juda qiyin bo'ladi. Bilaman, barcha shu haqida gapirmoqda. Lekin, men hozir bir yilda uchta "Ulkan toj" yutish haqida tasavvur qila olmayapman. Yil boshida men bitta "Ulkan toj"da g'olib chiqaman deyishim mumkin edi. Lekin, hozir ikkitasini yutib qo'ydim. Menimcha, uchta bunday sovrin...
Ammo men yaxshi formadaman va turnirga tayyorman. Mavsum ajoyib o'tdi. SHunday ekan, nima uchun men yana bir turnirni ajoyib o'tkazmasligim lozim?", - deydi Federer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar