19 mar 09:54
Yangiliklar
Tennis

Federerni mag'lub etgan Potro Indian-Uells turniri g'olibi bo'ldi
Argentinalik tennis yulduzi Xuan Martin Del Potro AQSHning Indian-Uells shahrida yakuniga etgan “Masters” turniri g'olibiga aylandi.
Sovrin jamg'armasi 8 909 960 dollarni tashkil qiluvchi turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning sakkizinchi raketkasi bo'lgan Potro sayyoramizning birinchi raqamli tennischisi Rojer Federerga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 42 daqiqa davom etgan uchrashuvda argentinalik tennischi kuchli raqibini 6:4, 6:7(8), 7:6(2) hisobida mag'lub etib, bosh mukofot sohibiga aylandi. Bu 29 yoshli tennischining faoliyatidagi 22-sovrini bo'ldi.
Indian-Uellsdagi muvaffaqiyatli ishtirok argentinalik tennischiga 1 340 860 dollar mukofot puli hamda roppa-rosa 1000 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar