12 iyu 11:30
Yangiliklar
Tennis

Federerning final ostonasidagi kutilmagan mag'lubiyati
Germaniyaning SHtutgart shahrida yakuniga etib borayotgan nufuzli tennis turnirida final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Kutilmaganda turnirning birinchi raketkasi Rojer Federer mag'lubiyatga uchrab, final ostonasida yurishini to'xtatdi.
SHveycariyalik tennischi 1 soatu 57 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida avstriyalik Dominik Timga 6:3, 6:7(7), 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Dunyo reytingida 7-o'rinni egallab turgan 22 yoshli Tim 9ta esa zarbani amalga oshirdi.
Dominikning finaldagi raqibi Filipp Kolshrayber bo'ladi. Germaniyalik tennischi yarim finalda argentinalik Xuan Martin Del Potroni 6:3, 6:4 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar