So’nggi yangiliklar

11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0 06:39Ўнта финиш қайд этилган UFC Fight Night 285 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 20:20Монтеррейда ўзбек теннис дербисига гувоҳ бўламиз! 0 20:01АПЛ. "Манчестер Сити" мавсумни иродали ғалаба билан бошлади, Ҳусанов тўлиқ ўйнади 0 19:18Сехудо Двалишвилидан устун келди. RAF 12 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0

12 okt 16:09
Yangiliklar

Sambo

Fedor Emelyanenkoning Toshkentga kelishi, Osiyo chempionatiga mezbonlik va boshqalar haqida (Sambo bo'yicha matbuot anjumani)

Sambo bo'yicha jahon chempionatiga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda sambo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda. 

Bugun, 12 oktyabr kuni ushbu nufuzli musobaqa doirasida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Xalqaro sambo federaciyasi prezidenti Vasiliy SHestakov, Osiyo sambo ittifoqi raisi Alamjon Mullaev, Evropa sambo federaciyasi prezidenti va Rossiya sambo federaciyasi prezidenti Sergey Eliseev, O'zbekiston sambo associaciyasi prezidenti Alisher Alimov va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 

Vasiliy SHestakov: "Jahonda samboga qiziqish oshib bormoqda, sportimizning geografiyasi kengaymoqda. Sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritayotgan mamlakatlar hilma-hilligi ham oshmoqda. Turli qitalarda rivojlanmoqda. Umid qilamizki, sambo muntazam ravishda Olimpiya oilasidan joy oladi. O'z navbatida o'zbek sambochilarining JCHdagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan muborakbod etmoqchiman", - deb so'z boshladi Xalqaro sambo federaciyasi prezidenti.

So'ngra jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

-Jahon chempionatining O'zbekistonda o'tkazilishiga nima sabab bo'ldi? Mezbonlik tanlovi nima asosida amalga oshirildi?

-Bizda ijroqo'mga arizalar kelib tushadi. Ular orasidan nomzodlarni tanlab olamiz. Bu borada bir necha omillar hisobga olinadi. 


-Yaqinda yakunlangan Osiyo chempionatida asosan o'zbek sportchilari sovrindor bo'lishdi. Osiyoda O'zbekistonga raqobat ko'rsatadigan mamlakatlar bormi?

Alamjon Mullaev: -Qayd etish lozimki, o'zbek mutaxassislari sambo yo'nalishida yaxshigina ish olib borishmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari qitamizda kuchli sportchilarni etishtirib berishgan. SHuningdek, Mo'g'ulistonni ham alohida qayd etib o'tgan bo'lardim. Bilasiz, sambo Osiyo o'yinlari dasturiga kirgan. Yodingizda bo'lsa, Jakartadagi Osiyo o'yinlarida aynan sambochimiz oltin medalga ega chiqqan va u delegaciyamizning muvaffaqiyatiga o'z hissasini qo'shgandi. Xalqaro sambo federaciyasi prezidentining fikricha, O'zbekiston sambo bo'yicha bundanda nufuzli musobaqalarni o'tkazishga tayyor ekanlini aytib o'tdi. 


-JCHni tashkiliy jihatlari haqida ijobiy fikrlarni bildirib o'tishdi. Ular O'zbekistonni bundanda nufuzli musobaqalarni o'tkazishga tayyor ekanligini aytishdi. Ammo, shunga yarasha sportchilar ham kuchli bo'lishi lozim. Aytingchi, sportchi va murabbiylarning malakasini oshirish, hakamlar saviyasini oshirish bo'yicha qaysi mamlakatlar bilan hamkorlik qilindi?

Alisher Alimov: -Hozirgi kunda O'zbekiston sambo associaciyasi tomonidan nufuzli musobaqalarni o'tkazish yuzasidan katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga xalqaro sambo tashkilotlari vakillari, OAV va muxlislar baho beradi. Bir necha yildan so'ng kattalar o'rtasida Osiyo chempionatini tashkil etmoqchimiz. O'zbekistonda sambo maktabi kuchli. Yaqinda Hindistonda yakunlangan Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladik. Oldimizdagi rejalar ulkan. Sizga malum, Muhtaram yurtboshimiz tomonidan sportga juda katta etibor qaratilmoqda. Biz associaciya mutasaddilari, sportchilari bunday etiborga javoban, ijobiy natijalarni qayd etishimiz lozim bo'ladi. Mamlakatimizda samboni rivojlantirish uchun muntazam ravishda hakam va murabbiylarizni Rossiyaga yuboramiz. Oldimizda noyabr oyida kattalar o'rtasida jahon chempionati turibdi. Biz yuqori darajadagi musobaqalar oldidan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda. Bunda yig'inlar o'z samarasini bermoqda. 


-Fedor Emelyanenkoning O'zbekistonga kelib, master-klass o'tkazish imkoniyatlari qanday?

Sergey Eliseev: O'zbekiston bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilyapmiz. Biz hamkorlikda Toshkentda xalqaro turnir tashkil etmoqchimiz. Rejalarimiz katta. Fedor hozircha faoliyatini yakunlagani yo'q va uni shunchaki tadbirlarga jalb qila olmaymiz. Agar imkoniyat bo'lsa va uning vaqti topilsa biz unga taklif bilan chiqamiz. 


-Alamjon Mullaevga savol: Kuni kucha navbatdagi Osiyo chempionatlari mezbonlari malum bo'ldi deb eshitdik. SHu rasman tasdiqlandimi?

-2021 yilda Toshkent, 2022 yilda Tojikiston Osiyo chempionatlariga mezbonlik qilishi kutilmoqda. Musobaqalar oldidan komissiya mezbon mamlakat imkoniyatlarini yana tekshiradi, taqvim tasdiqlanganidan so'ng barchasi aniq bo'ladi.


-Alisher Alimovga savol: Sambo maktablarga dars sifatida kiritilgan. Bu sport rivojiga shubhasiz ijobiy tasir qiladi. Siz yaqinda tashkilot rahbari etib saylandingiz. O'zbek sambosi tarixida qolish uchun qanday ishlarni amalga oshirmoqchisiz?

-Biz sambo uchun MOQ, sport vazirligi hokimiyat bilan kelishgan holda inshoot barpo etmoqchimiz. Bugungi kunda hujjatlar tayyorlanmoqda. Umid qilamanki, yil oxirigacha bu ishlar yakunlanadi va biz qurilish ishlarini boshlaymiz. O'ylaymanki, shundan so'ng sambochilarimiz uchun yangi imkoniyatlar paydo bo'ladi. Ko'plab mamlakat vakillari O'zbekistonda yig'in tashkil etish istagini bildirishdi. Yurtimizda ayni paytda 15 mingdan ortiq kishi sambo bilan shug'ullanmoqda. 


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing