30 apr 15:06
Yangiliklar
Tennis

Feliks Oje Eshtoril turniridagi ishtirokini yakunladi
Portugaliyaning Eshtoril shahrida tennis bo'yicha ATP tasnifidagi turnir davom etmoqda.
Musobaqaning chorak finali doirasida jahonning 10-raketkasi, kanadalik Feliks Oje ATR reytingida 37-o'rinni egallab turgan amerikalik Sebastyan Kordaga qarshi kortga chiqdi.
1 soatu 30 daqiqa davom etgan uchrashuvda Oje raqibiga 2/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va turnirni tark etdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida hisob tenglashdi – 1:1.
Portugaliyadagi musobaqaning yarim finalida Korda hamyurti Frensis Tiafoega qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar