11 noy 14:43
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Yannik Sinner g'alaba bilan boshladi
Italiyaning Turin shahrida tennis bo'yicha yilning Yakuniy ATP turniri bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Italiyalik tennischi Born Borg guruhining ilk uchrashuvida ATP reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turgan kanadalik Feliks Oje-Alyassimga qarshi kortga chiqdi.
To'qson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Sinner ikki set natijasiga ko'ra g'alaba qozondi - 7/5, 6/1. Yannik tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinda bormoqda - 4:2. Sinner 3, Oje-Alyassim 9 ta eys zarbasini amalga oshirgan.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar