15 noy 15:06
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Zverev so'nggi imkoniyatdan foydalana olmadi, kanadalik 1/2 finalga chiqdi
Dunyoning uchinchi raketkasi Aleksandr Zverev Italiyaning Turin shahrida davom etayotgan Yakuniy ATP turniridagi ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunladi.
Germaniyalik tennischi guruh bosqichining so'nggi uchrashuvida ATP reytingida sakkizinchi o'rinda borayotgan kanadalik Feliks Oje-Alyassimga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 4/6, 6/7(4). Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Zverev oldinda bormoqda - 6:4.
Ikki soatu sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Zverev 9, Oje-Alyassim 11 ta eys zarbani amalga oshirgan. Feliks 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat bilan Born Borg nomli guruhda ikkinchi o'rinni egalladi hamda faoliyatida ilk bor ATP Finals turnirining pley-off bosqichiga chiqdi. Yarim finalda u dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkarasga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar