03 noy 11:45
Yangiliklar
Tennis
Feliks Oje yoshlar Yakuniy turnirida qatnashishdan bosh tortdi
Kanadalik tennischi Feliks Oje 9-13 noyabr kunlari Milanda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi ATP Yakuniy turnirida ishtirok etishni rejalashtirmayapti.
Feliks asosiy Finalda o'ynash imkoniyati uchun kurashmoqda va Milandagi musobaqaga parallel ravishda bo'lib o'tadigan Stokgolmdagi turnirda qatnashmoqchi.
Kanadalik tennischining bu qaroridan so'ng argentinalik Xuan Manuel CHerundolo Yoshlarning ATP Yakuniy turniriga yo'llanma oldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar