12 avg 09:35
Yangiliklar
Futbol

“Fenerbaxche” rahbariyati bosh murabbiyni istefoga chiqardi
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Vitor Pereyrani istefoga chiqardi.
Portugaliyalik mutaxassisning istefosiga birinchi navbatda jamoaning Evropa chempionlar ligasidagi omadsiz ishtiroki sabab bo'ldi. O'tgan mavsumda “Fenerbaxche” Doneckning “SHaxtyor” klubiga imkoniyatni boy bergandi. Bu yilgi saralashning uchinchi bosqichida esa “Monako” klubi “Fenerbaxche”ga chiqish eshiklarini ko'rsatdi.
Takidlash joiz, Pereyra bor yo'g'i to'liq bir mavsum Turkiya klubi bosh murabbiyi lavozimida ishladi. Ana shu bir mavsumda u jamoani Turkiya chempioniga aylantirdi.
Havola :
Fikrlar