09 dek 07:27
Yangiliklar
FIA Prezidenti Muhammad Ben Sulaem bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Xalqaro avtomobil federaciyasi (FIA) Bosh assambleyasi va yil yakunlariga bag'ishlangan turli tadbirlarning faxriy mehmoni — FIA Prezidenti Muhammad Ben Sulaem kecha poytaxtimizga tashrif buyurdi.
Martabali mehmonni Sport vazirligi, MOQ hamda mamlakat avtosport va karting federaciyasi rahbariyati kutib oldi. Tashrif doirasida rasmiylar "Girls on track" loyihasida qatnashayotgan qizlar bilan uchrashib, ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlashdi.
SHuningdek, Sport vazirligida har ikki tomon o'rtasida uchrashuv o'tkazilib, unda bo'lajak tadbirga tayyorgarlik jarayonlari, o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va istiqboldagi qo'shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Qolaversa, Sport vazirligi va FIA o'rtasida "Sportda onlayn tajovuzga qarshi birlashish" (United against online abuse) loyihasi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
















Fikrlar