So’nggi yangiliklar

15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0 09:33UFC 333 турнирининг тўлиқ карди: Волкановски – Евлоев, Ян – Двалишвили, Темиров – Кавана 0 08:48Хргович Дюбуа билан IBF ва WBO камарларини бирлаштирмоқчи 0 08:07Баҳодир Жалолов ўзининг энг яхши боксчилар учлигини санади 0 20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0

09 dek 22:59
Yangiliklar

Formula-1

SHavkat Mirziyoev Xalqaro avtomobil federaciyasining (FIA) prezidenti boshchiligidagi delegaciyani qabul qildi

O'zbekiston Prezidenti Xalqaro avtomobil federaciyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalarini qo'llab-quvvatladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 9 dekabr kuni Xalqaro avtomobil federaciyasining (FIA) Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo'lib turgan ushbu nufuzli tashkilotning prezidenti Muhammad bin Sulaym boshchiligidagi delegaciyani qabul qildi.

Uchrashuvda delegaciya tarkibida FIA Senati prezidenti Karmelo Sans de Barros hamda mobillik va turizm bo'yicha vice-prezidenti Tim SHirman ham ishtirok etdilar.

Avtosportni tartibga soluvchi va yo'l harakati xavfsizligini targ'ib qiluvchi ushbu global tashkilot bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muhammad bin Sulaym O'zbekistonda amalga oshirilayotgan professional va ommaviy sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, aholi o'rtasida jismoniy faollikni oshirish hamda barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi.

Mamlakatimizda avtomobil sportining kartingdan tortib, to “Formula” poygalarigacha bo'lgan barcha yo'nalishlarini rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

FIA universitetining imkoniyatlaridan foydalangan holda o'zbekistonlik poygachilar, karting haydovchilari, muhandislar, konstruktor va mexaniklarni tayyorlash, O'zbekistonda zamonaviy avtosport infratuzilmasini yaratish, piyoda va transport vositalari harakati xavfsizligini taminlash dasturlarini amalga oshirishga ko'maklashish hamda mazkur xalqaro tashkilot shafeligida xalqaro musobaqalar, avvalo, “Formula-1” bosqichlarini o'tkazish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida mamlakatimiz etakchisi Xalqaro avtomobil federaciyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, O'zbekistonda avtosportni xalqaro standartlarga muvofiq ommalashtirishga qo'shgan katta shaxsiy hissasi uchun FIA rahbariga davlatimizning yuksak mukofoti – “Do'stlik” ordenini topshirdi.

Takidlash joiz, O'zbekiston 2019 yildan buyon federaciyaning faol azosi hisoblanadi. O'tgan yili Samarqandda FIAning 120 yilligiga bag'ishlangan navbatdan tashqari Bosh assambleyasi bo'lib o'tgan edi. Bu yilgi tadbir doirasida 12 dekabr kuni “Humo Arena” majmuasida yuqori martabali xorijiy mehmonlar va chempion poygachilar ishtirokida eng namunali sportchilar va jamoalarni taqdirlash marosimi o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing