So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

15 fev 07:11
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE Freestyle Chess Jahon chempionati. Abdusattorov Karlsenga, Sindarov Ergaisiga qarshi o'ynadi

Germaniyaning Vangels shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 300 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi FIDE Freestyle Jahon chempionati o'tkazilmoqda.

O'z tarixida ilk bor o'tkazilayotgan ushbu musobaqada grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham ishtirok etyapti. Saralash bahslarida kuchli to'rtlikdan joy olib, 1/2 finalga yo'l olgan Abdusattorov final chiptasi uchun norvegiyalik afsona Magnus Karlsenga qarshi dona surdi. Dastlabki ikki partiyada kuchlar teng keldi. Uchinchi va to'rtinchi partiyalarda esa Magnus g'alaba qozonib, umumiy 3:1 hisobi bilan finalga yo'l oldi. 

Ikkinchi 1/2 finalda amerikalik Fabiano Karuana germaniyalik Vinsent Keymerdan 2,5:1,5 hisobida ustun keldi. Bugun finalda Magnus Karlsen Fabiano Karuanaga qarshi jahon chempionligi uchun bahs olib boradi. Nodirbek Abdusattorov esa Vinsent Keymer bilan uchrashuvda 3-o'rin taqdirini hal qiladi. 

Afsuski, saralash bosqichini omadsiz o'tkazgan Javohir Sindarov 5-o'rin uchun kechgan uchrashuvda hindistonlik Arjun Ergaisiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u bugun 7-o'rin uchun kechadigan bahsda amerikalik Levon Aronyan bilan hisob-kitob qiladi. 

Malumot uchun, FIDE Freestyle Jahon chempionati g'olibi 100 000, finalchi 60 000, uchinchi o'rin sohibi 40 000 dollar mukofot puliga ega bo'ladi. To'rtinchi o'rin 30 000, beshinchi o'rin 25 000, oltinchi o'rin 20 000, ettinchi o'rin 15 000, so'nggi o'rin egasi esa 10 000 dollarni qo'lga kiritadi. Nodirbek va Javohir bugun mos ravishda 40 000 hamda 15 000 dollar uchun kurashadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing