25 noy 10:58
Yangiliklar
SHaxmat
FIDE ijrochi direktori o'zbekistonlik shaxmatchilarni maqtadi
Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) ijrochi direktori Emil Sutovskiy shaxmat sportining mamlakatimizdagi rivojiga to'xtaldi.
"O'zbekistonlik ko'plab do'stlarimni Javohir Sindarovning yirik yutug'i bilan tabriklayman! O'zbekiston shaxmatchisining Nomzodlar turniriga yo'llanma olishi — bu juda katta yutuq, lekin hech qanday sensaciya emas. Aksincha, mutlaqo tabiiy holat: mamlakatda ko'p yillardan beri katta tizimli ishlar qilinmoqda va bu ham terma jamoa, shuningdek, Abdusattorov, Sindarov, Yakubboev kabi shaxmatchilarning natijalarida yaqqol sezilmoqda.
Aytgancha, Yakubboev hali ham Nomzodlar turniriga yo'llanma uchun imkoniyatga ega", deydi Sutovskiy.
Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar