16 iyu 11:20
Yangiliklar
FIDE Jahon Kubogi. AQSH sharafini himoya qilayotgan Gulruhbegim 1/32 final ilk bahsini o'tkazdi + FOTO
FIDE Jahon Kubogidan AQSH sharafini himoya qila boshlagan ayol grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova 1/32 final bosqichining ilk partiyasida rossiyalik 23 yoshli shaxmatchi Aleksandra Goryachkinaga qarshi dona surdi va reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan kuchli raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Rossiyalik grossmeyster ikkinchi bosqichga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olgan edi. Bugun shaxmatchilar o'rtasida ikkinchi partiya o'ynaladi.
O'zbekistonlik birinchi ayol grossmeyster Nafisa Mo'minovaning kichik singlisi bo'lgan 22 yoshli Gulruhbegim umumiy mukofot jamg'armasi 676 250 dollarni tashkil etuvchi hamda dunyoning 103 nafar kuchli shaxmatchilari dona surayotgan musobaqaning 1/64 final bosqichida argentinalik 36 yoshli Karolina Luanni 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston ayollar terma jamoasining har ikkala vakilasi Nilufar Yoqubboeva va Umida Omonova birinchi davradayoq ikki partiya yakuniga ko'ra mag'lubiyatga uchrab, Jahon Kubogidagi ishtiroklarini yakunlashgan.
Fikrlar