17 iyu 08:24
Yangiliklar
FIDE Jahon Kubogi. AQSH sharafini himoya qilayotgan Tohirjonova 1/32 finalning ikkinchi partiyasini o'tkazdi!
Umumiy mukofot jamg'armasi 676 250 dollarni tashkil etuvchi hamda dunyoning 103 nafar kuchli shaxmatchilari dona surayotgan musobaqaning 1/32 finalida AQSH sharafini himoya qilayotgan ayol grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova ushbu bosqichning ikkinchi partiyasini o'tkazdi.
O'zbekistonlik birinchi ayol grossmeyster Nafisa Mo'minovaning kichik singlisi bo'lgan 22 yoshli Gulruhbegim rossiyalik 23 yoshli grossmeyster Aleksandra Goryachkinaga ikkinchi partiyada ham yutqazib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston ayollar terma jamoasining har ikkala vakilasi Nilufar Yoqubboeva va Umida Omonova birinchi davradayoq ikki partiya yakuniga ko'ra mag'lubiyatga uchrab, Jahon Kubogidagi ishtiroklarini yakunlashgan edi.
Fikrlar