28 mar 12:40
Yangiliklar

FIDE ukrainalik shaxmatchini 3 yilga diskvalifikaciya qildi
"GM Kirill SHevchenko 3 yilga musobaqalardan chetlatildi. 22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill SHevchenko FIDE tomonidan barcha musobaqalardan 3 yillik chetlatish jazosiga tortildi. Bu qaror Ispaniya Jamoaviy SHaxmat CHempionatida hojatxonadan topilgan telefon sabab boshlangan mojarodan keyin, shuningdek, SHevchenkoning g'irromlik qilganini tan olganidan so'ng elon qilindi. O'yin paytida shaxmatchilarni nazorat qilgan hakamlar SHevchenkoning taxtadan uzoq vaqt davomida ketib qolishi ustidan shubha bildirgan edi. Tergov davomida hojatxonadan topilgan ikkita telefon va ularning egasi nomalum bo'lgani tahminlarni kuchaytirdi. Dastlab SHevchenko 75 kunlik vaqtinchalik chetlatish jazosi bilan jazolangan edi. Chess.com xabariga ko'ra, SHevchenko FIDE Fair Play Komissiyasiga avval sodir bo'lgan bir g'irromlik voqeasini tan olgan. Mazkur tan olish chetlatish muddatining uzayishiga sabab bo'ldi. Natijada FIDE uni 3 yilga barcha rasmiy musobaqalardan chetlatish to'g'risida rasmiy qaror chiqardi", deyiladi xabarda.
Fikrlar