13 iyu 08:13
Yangiliklar
Sport kurashlari
Finalda bir-biri bilan ro'baro' kelgan egizak Karimovlar Kiev turniri shohsupasida!
Ukraina poytaxti Kiev shahrida erkin kurash bo'yicha ananaviy xalqaro xotira turniri bo'lib o'tdi.
Ukrainada xizmat ko'rsatgan murabbiy Oleg Sazonov xotirasiga bag'ishlab beshinchi bor tashkil etilgan musobaqada mezbonlardan tashqari Germaniya, Moldova va O'zbekistondan jami 350 nafardan ziyod iqtidorli yoshlar gilamga chiqishdi.
Quvonarlisi, 38 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan egizaklar - Amirxon va Xojixon Karimovlar finalga qadar etib borishdi. Ularning har ikkisi ham finalgacha to'rt nafardan raqiblarini mag'lub etishdi. Oltin medal uchun kechgan bahsda Amirxonning qo'li baland keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar