10 sen 16:24
Yangiliklar
Tennis
Finalga chiqqan Emma Radukanu TOP-30ga yaqinlashib oldi, u ikki oy oldin TOP-300ga ham kirmasdi
Britaniyalik tennischi Emma Radukanu AQSH Ochiq chempionati yarim finalida greciyalik Mariya Sakkarini mag'lubiyatga uchratdi.
SHu tariqa, Emma tennis tarixida saralashdan boshlab "Katta Dubulg'a" finaliga etib borgan ilk tennischiga aylandi.
Bu Emma uchun WTA doirasidagi to'rtinchi, "Katta Dubulg'a" turkumidagi esa ikkinchi turnirdir. US Open davomida u raqiblariga bitta setda ham mag'lub bo'lmadi, raqibalariga esa 27 tagina geym berdi.
Turnir yakuniga ko'ra, britaniyalik tennischi kamida 32-o'ringa ko'tarilib oladi. "Uimbldon" oldidan u reytingda TOP-300ga ham kirmasdi.
Radukanu 44 yil ichida qizlar o'rtasida "Katta Dubulg'a" finaliga etib kelgan birinchi britaniyalik tennischi bo'ldi. Bungacha 1977 yilda Virjiniya Ueyd "Uimbldon"da g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar