05 avg 11:55
Yangiliklar
Tennis
Florianopolis turniri finalida Babosh va Begu o'ynaydi
Braziliyaning Florianopolis shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirida finalchilar nomi malum bo'ldi.
Sovrin jamg'armasi 226,750 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning ikkinchi raketkasi bo'lgan ruminiyalik Irina Begu uchinchi raketka puetarikolik Monika Pyuigni ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Uning bosh mukofot uchun kechadigan bahsdagi raqibasi hamyurti bo'lishi ham mumkin edi. Lekin Ana Bogdan yarim final uchrashuvida turnirning oltinchi raqamli tennischisi vengriyalik Timea Baboshga 6:7(8), 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
1/2 FINAL
Timea Babosh (Vengriya, 6) – Ana Bogdan (Ruminiya) – 7:6 (8), 6:3
Irina Begu (Ruminiya, 2) – Monika Pyuig (Puerto-Riko, 3) – 6:3, 6:3
Havola :
Fikrlar