04 mar 13:50
Yangiliklar
Tennis

Folc Antaliyadagi turnirning asosiy to'rida o'ynaydi
Istedodli tennischimiz Arina Folc Turkiyaning Antaliya shahrida start olgan turnirda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi Tennis Organisation Cup turnirining mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi.
Dunyo reytingida 700-o'rinni egallab turgan Folc o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rdan boshlaydi. Musobaqaga qura tashlash marosimi bugun o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar