08 mar 11:35
Yangiliklar
Tennis

Folc reytingda o'zidan 101 pog'ona pastdagi tennischiga yutqazdi
Istedodli tennischimiz Arina Folc Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan turnirning asosiy to'r yakkalik bahslari ilk davrasida kortga chiqdi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi Tennis Organisation Cup turnirining mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi.
Dunyo reytingida 700-o'rinni egallab turgan Folc o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rdan boshladi. Afsuski, u ilk davradayoq WTA reytingida 801-pog'onadan joy olgan ruminiyalik Georgiya Andreya Krachiunga 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar