29 avg 18:27
Yangiliklar
Tennis

Folc va Merenkova Almati turnirida muvaffaqiyatli start olishdi
Bugun Qozog'istonning Almati shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida tennis bo'yicha nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu Almaty Cup 2016 musobaqasining asosiy to'rida to'rt nafar tennischimiz ham ishtirok etyapti. Ulardan ikki nafari bugun o'tkazilgan uchrashuvlardan so'ng ikkinchi bosqichga yo'l olishdi.
Jumladan, Arina Folc rossiyalik tennischi Ekaterina Yashinaga qarshi kortga chiqib, 2 soatu 4 daqiqa davom etgan bahsda 1:6, 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi. Polina Merenkova esa yana bir hamyurtimiz Albina Xabibulinadan 6:1, 6:2 hisobida ustun keldi.
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova qura natijasiga ko'ra ilk bosqichda rossiyalik Anna Blinkovaga qarshi kortga chiqadi. Bu uchrashuv ertaga bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar