30 jan 12:40
Yangiliklar
Tennis

Folc va Umarova ilk davradayoq mag'lub bo'lishdi
Qozog'isonning Almati shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'rida uch nafar hamyurtimiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi.
Ulardan Kamola Umarova va Arina Folc bundan bir necha
daqiqa avval yakunlangan ilk davra uchrashuvidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.
Umarova rossiyalik Aleksandra Pospelovaga 1:6, 6:7(5), Folc esa yana bir rus tennischisi Alina Silichga ikki setda ham bir xil 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgan Albina Xabibulina esa birinchi davra uchrashuvini ertaga o'tkazadi. U qozog'istonlik Aleksandra Grinchishinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar