10 iyu 19:36
Yangiliklar
Fomin 343 pog'ona yuqoridagi raqib bilan uch setlik uchrashuv o'tkazdi
Hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziev ilk davrada AQSH vakili Evan Kingga 2:6, 2:6 hisobida imkoniyani boy berib qo'ygandi edi. Bir necha daqiqa avval yakuniga etgan uchrashuvda ikkinchi tennischimiz Sergey Fomin kortga chiqdi.
O'tgan hafta “Rolan Garros” turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan istedodli tennischimiz franciyalik Aleksandr Myuller bilan to'qnash keldi. Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan dramatik bahsda Fomin raqibiga 2:6, 6:2, 6:7(2) hisobida yutqazib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 631, Myuller esa 288-o'rinni egallab turibdi. Fomin kuchli raqibga qarshi munosib qarshilik ko'rsatdi. U xatto hal qiluvchi uchinchi setda 3:1 hisobida oldinga ham chiqib olgandi. Lekin muvaffaqiyatini rivojlantira olmadi.
Fikrlar