30 iyu 14:35
Yangiliklar
Tennis
Fomin kanadalik raqibini mag'lub etdi
Tailandning Nontaburi shahrida "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada ikki tennischimiz yurtimiz sharafini himoya qilyapti. Musobaqaning sakkizinchi raketkasi Sergey Fomin hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda g'alabaga erishdi.
Hamyurtimiz birinchi davra uchrashuvida kanadalik Kelsey Stivensonga qarshi bahs olib bordi. Bir soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda Fomin raqibini 7:6(6), 6:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Sergeyning ikkinchi bosqichdagi raqibi yaponiyalik Riota Tanuma bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar