25 fev 13:50
Yangiliklar
Tennis

FOTO. Federer Australian Open turniridagi liboslarini sotuvga qo'ydi
SHveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federer o'zining Avstraliya Ochiq chempionatida kiygan liboslarini kimoshdi savdosida sotuvga qo'ydi.
Yanvar oyida Melburn shahrida bo'lib o'tgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yilning ilk musobaqasi aynan Federerning g'alabasi bilan yakunlagan edi. U final uchrashuvida Rafael Nadalni mag'lub etgandi.
Malumotda keltirilishicha, sotuvga qo'yilgan narsalardan eng qimmati Rojerning krossovkasi ekanligi aytilmoqda. Uning boshlang'ich bahosi 25 000 dollar deya belgilab qo'yilgan.
Federer sotuvdan tushgan mablag'ni o'zining nomidagi xayriya jamg'armasiga topshiradi. Bu pullar esa Afrika va SHveycariyadagi xayriya loyihalariga yo'naltiriladi.
Havola :
Fikrlar