12 sen 08:29
Yangiliklar

FOTO OCHL. "Paxtakor"ning yana bir raqibi, Aziz G'aniev to'p tepadigan "SHabab Al Ahli" ham Dohaga etib keldi
Mamlakatimiz chempioni "Paxtakor" 10 sentyabr kuni uchib kelgan edi. Xuddi o'sha kuni "sherlar"ning guruh ("B" guruhi)dagi yana bir raqibi "SHabab Al Ahli" (BAA) ham Qatar poytaxtiga etib keldi. Klub matbuot xizmati ana shu jarayondan suratlarni joyladi.
Biz ham amirliklarning Dohaga kelishi suratlarini etiboringizga havola etamiz.
"SHabab Al Ahli" delegaciyasi yo'lga chiqishdan oldin Dubayda suratga tushishdi.
Aziz G'aniev ham bo'lajak o'yinlarga shay.
"Al Hilol" safida 5 yil to'p tepib yaqindagina u erni tark etgan braziliyalik Karlos Eduardo "SHabab Al Ahli" tarkibiga kelib qo'shilgan. Bu bo'lajak o'yinlar oldidan yaxshigina kuchayish.
Eslatib o'tamiz, "SHabab Al Ahli" Dohadagi birinchi o'yinini 14 sentyabr kuni Eronning "SHahr Xodro" jamoasiga qarshi "Al Janub" stadionida o'tkazadi. "Paxtakor"ga qarshi 5-turdan o'rin olgan bahs esa 20 sentyabrda bo'lib o'tadi.
Fikrlar