16 noy 06:25
Yangiliklar
Futbol

FOTO. Runi Angliya terma jamoasi libosidagi xayrlashuv o'yinini o'tkazdi
Hujumchi Ueyn Runi Angliya terma jamoasidagi faoliyatini rasman yakunladi.
Hozirda Amerika (MLS) chempionatida “Di Si Yunayted” klubi sharafini himoya qilayotgan Runi AQSHga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinida Angliya terma jamoasidagi o'zining so'nggi xayrlashuv uchrashuvida maydonga tushdi.
Londondagi “Uembli” stadionida o'tgan bahsda inglizlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Runi 58-daqiqada “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingardning o'rniga zaxiradan maydonga tushirildi.
Malumot uchun, 33 yoshli Ueyn Runi Angliya terma jamoasi safida 120ta o'yinda maydonga tushib, 53ta gol kiritgan. Bu natijasi bilan u terma jamoa to'purari hisoblanadi. O'yinlar soni bo'yicha esa ikkinchi o'rinda turadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar