20 avg 16:10
Yangiliklar
Futbol

FOTO Starrij Turkiyada! U tez orada yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi
"CHelsi" va "Liverpul" sobiq forvardi Deniel Starrij "Trabzonspor" bilan shartnoma imzolash maqsadida Turkiyaga uchib ketdi.
29 yoshli Starrij yozda klubsiz qolgan edi. CHunki, "Liverpul" o'yinchi bilan shartnomani uzaytirishni xohlamadi.
Deniel ingliz klubi safida 160 ta o'yinda maydonga tushib, 67 ta gol urishga erishgan. U shuningdek mersisaydliklar bilan CHL sovrinini ham qo'lga kiritdi.
Oldinroq, Starrijni "Monako" o'z safiga chorlagan, ammo "Monako" bosh murabbiyi Leonardu Jardim Starrijga qiziqish bildirmagan edi.
Havola :
Fikrlar