05 iyu 08:50
Yangiliklar
Tennis

FOTO. Tennischi "Uimbldon"da 5 oylik homilasi bilan kortga chiqdi
Lyuksemburglik tennischi Mendi Minella homilador bo'lishiga qaramay “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida ishtirok etdi.
Dunyoning 82-raketkasi bo'lgan Minella 5 oylik homilasi bilan turnirning ilk davrasida italiyalik Franchesko Skyavonega qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Skyavone ikki setda ham bir xil 6:1 hisobida zafar quchdi.
Ushbu bahsdan so'ng bergan intervyusida lyuksemburglik tennischi Francheskoga qarshi kechgan o'yin joriy mavsumdagi so'nggi uchrashuvi bo'lganligini malum qildi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar