24 dek 12:45
Yangiliklar
Futbol

FOTO. Teves Xitoyga ketishi oldidan 19 yil birga yurgan qiziga uylandi
Argentinaning “Boka Xuniors” klubi hujumchisi Karlos Teves Xitoyga jo'nab ketishi oldidan uylandi.
Etiborlisi, argentinalik futbolchi uning qonuniy rafiqasiga aylangan Vanessa Mansilya bilan tanishganiga 19 yil bo'lgan. 32 yoshli Karlos Vanessa 13 yoshligida u bilan ilk bor uchrashgan.
O'shandan beri bu ikki juftlik birga bo'lib kelishyapti. Karlitos va Vanessaning uch nafar farzandlari bor: qizlari Florenciya (9 yosh) va Keti (6 yosh), o'g'li esa Lito (2 yosh).
To'yga 260 nafar mehmon taklif etildi. Marosimning o'zi esa 4 kun davom etdi.
Eslatib o'tamiz, Teves yaqin kunlarda Xitoyga jo'nab ketadi va u erda “SHanxay SHenxua” klubi bilan shartnoma imzolaydi.
32 yoshli hujumchi yangi klubida haftasiga rekord darajadagi maosh - 615 ming funt sterling ishlab topadi.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar