So’nggi yangiliklar

10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0 08:34Бугун Дана Уайт Дональд Трамп билан Оқ уйдаги лавозим ҳақида гаплашади 0 08:03UFC 335 турнири битта жангини йўқотди 0 07:32ММАчиларимиз IMMAF жаҳон чемпионатида 8 та медаль қўлга киритишди 0 07:01"Барселона" Ферминнинг дубли эвазига Мадридда "Атлетико"ни мағлуб этди 0 23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0

13 fev 21:13
Yangiliklar

SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam. Abdusattorov va Sindarov ishirokidagi har ikki bahs bir xil natija bilan yakunlandi

Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan sovrin jamg'armasi 750 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi shaxmat bo'yicha nufuzli turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Bugun musobaqada final uchrashuvlari start oldi. Turnir bosh sovrini uchun amerikalik Fabiano Karuana musobaqa kashfiyotiga aylangan germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi bahs olib boryapti. Keymer 1/2 finalda norvegiyalik afsona Magnus Karlsenni shov-shuvli tarzda 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Dunyo reytingida ikkinchi o'rinda borayotgan Karuana esa 7 ta partiya davom etgan murosasiz kurashda hamyurtimiz Javohir Sindarovdan 4:3 hisobida ustun kelgandi. 

Uchinchi o'rin uchun kechayotgan qarama-qarshilikda Sindarov Magnus Karlsen bilan hisob-kitob qilmoqda. Saralash bosqichidagi o'zaro uchrashuvda Javohir nomdor raqibini mag'lubiyatga uchrata olgandi. Biroz avval yakuniga etgan 3-o'rin uchun bahsning ilk partiyasida Sindarov oq donalarda o'ynashiga qaramay, tajribali Magnusga imkoniyatni boy berdi. 

Afsuski, 5-o'rin uchun kechayotgan bahsda Nodirbek Abdusattorov ham amerikalik Hikaru Nakamuraga yutqazib qo'ydi. Reytingning uchinchi pog'onasida borayotgan Hikaru qora donalarda harakat qilganiga qaramay, muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Ertaga shaxmatchilar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuvlar o'tkaziladi va unda grossmeysterlarimiz qora donalarda vaziyatni o'nglash uchun urinib ko'rishadi. Kamida durang natija raqiblarimizning umumiy g'alabasiga kifoya qiladi. 

Malumot uchun, chempion 200 000, finalchi 140 000 dollarni qo'lga kiritadi. Sindarov 100 000, Abdusattorov esa 50 000 AQSH dollari uchun kurashyapti.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing