08 dek 19:59
Yangiliklar
Freestyle Chess Grand Slam Finals. Javohir Sindarov Fabiano Karuanani ham taslim etdi
Umumiy mukofot jamg'armasi 750 000 dollarni tashkil etuvchi Yakuniy Grand Slam unvoni — yani, Freestyle Chess Champion 2025 bo'lish uchun sayyoramizning sakkiz nafar grossmeysteri bahs olib boryapti.

Quvonarlisi, Javohir Sindarov 1-turda jahon reytingi peshqadami norvegiyalik Magnus Karlsenni chiroyli tarzda mag'lub etganidan keyin eronlik Parham Maqsudlu hamda reytingda o'zidan yuqorida turgan amerikalik Fabiano Karuanani ham engishga muvaffaq bo'ldi. Hindistonlik Arjun Ergaisi bilan durang o'ynadi.

Uch g'alaba va bir durang qayd etib turgan Sindarov turnir jadvalida peshqadam bo'lib oldi. Ikkinchi o'rindagi Levon Aronyan hisobida ham to'rt ochko bor. Magnus Karlsen 4-turda vaqti tugab qolgani bois Arjun Ergaisiga yutqazib qo'ydi. Javohir birozdan so'ng 5-turda Xans Niemannga qarshi dona suradi.

Fikrlar