09 dek 21:13
Yangiliklar
Freestyle Chess Grand Slam Finals. Sindarovning 1/2 finaldagi raqibi malum
Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida umumiy mukofot jamg'armasi 750 000 dollarni tashkil etuvchi yakuniy Freestyle Chess Champion 2025 turnirida 1/2 final juftliklari aniqlandi. Sayyoramizning sakkiz nafar grossmeysteri ishtirokida kechayotgan nufuzli musobaqaning ikki 1/4 final juftligida g'oliblar qo'shimcha armageddon partiyasida aniqlandi.
Biz uchun ahamiyatli chorak final uchrashuvida norvegiyalik shaxmat afsonasi Magnus Karlsen hamda amerikalik Fabiano Karuana o'zaro hisob-kitob qilishdi. Grossmeysterlar bittadan partiyada g'alaba qozonishdi - 1:1. G'olibni aniqlash uchun o'tkazilgan armageddon partiyasida Karlsen zafar quchdi.
Yarim final uchrashuvlari ertaga o'tkaziladi va bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlanadi. Unda Javohir Sindarov Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi. Final oldidan final bo'ladi. Hamyurtimiz saralash bosqichining ilk turidayoq Magnusni mag'lub etishga muvaffaq bo'lgandi va umid qilamizki, 1/2 finalda ham bu holat takrorlanadi.
Eslatib o'tamiz, Javohir Sindarov Freestyle Chess Grand Slam Finals turnirining 1/4 finalida eronlik grossmeyster Parham Maqsudluni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar