So’nggi yangiliklar

20:57Айтжан Халмаханов жаҳон чемпионатининг кумуш медалига сазовор бўлди 0 18:36Ямаль нима учун "Олтин тўп"ни ололмади? “France Football” бош муҳаррири изоҳ берди 0 17:49Кудерметова Гуанчжоудаги турнирда индонезиялик теннисчига қарши кортга чиқди 0 17:012027 йилнинг илк UFC турнири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:07Бугун Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 15:16Остон Ўрунов яна жароҳат олди 0 14:31Волкановски Топурия билан реванш ўтказишга тайёр 0 13:10Каспаров Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши жаҳон тожи учун баҳси ҳақида гапирди 0 12:08Жасур Алижонов Рамазон Темиров қаерда хато қилганини айтди 0 11:30Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:45Айтжан Халмаханов Жаҳон чемпионлиги учун финалда курашади 0 09:48Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионати якунланди 0 09:03Хайме Мунгия барибир Никита Зон билан жанг қиладиган бўлди 0 19:56Сафонов, Батраков , Захарян, Головин, Миранчук... Россия терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйин учун қайдномасини маълум қилди 0 19:20Разамбек Жамалов тизза жароҳати сабаб Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади 0

14 fev 10:33
Yangiliklar

SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam. Javohir Sindarov bugun Magnus Karlsenga qarshi ikkinchi o'yinini o'tkazadi

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli turnir o'z yakuniga etib bormoqda.

Sovrin jamg'armasi 750 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Javohir Sindarov 3-o'rin uchun kurash olib borayotgani haqida xabar qilgandik. Hamyurtimizga dunyoning birinchi raqamli grossmeysteri Magnus Karlsen raqiblik qilmoqda. 

Kecha shaxmatchilar o'rtasidagi birinchi partiya bo'lib o'tdi. Unda Javohir Sindarov oq donalarda harakat qilib, imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bugun mazkur qarama-qarshilikning ikkinchi partiyasi o'tkaziladi. 

Agar Javohir g'alabaga erishadigan bo'lsa, bahs tay-brekkacha cho'ziladi va Sindarovda 3-o'rin uchun imkoniyat paydo bo'ladi. Durang yoki mag'lubiyat hamyurtimiz turnirni 4-o'rinda tugatishini taminlaydi. 

SHuningdek, Nodirbek Abdusattorov 5-o'rin uchun dunyo reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan Xikaru Nakamuraga qarshi bahs olib bormoqda. U ham kecha oq donalarda tajribali o'zidan 17 yosh katta raqibiga imkoniyatni boy bergandi.

Bosh sovrin uchun kechayotgan finalning dastlabki uchrashuvida yana kutilmagan natija qayd etildi. Allaqachon turnir kashfiyotiga aylanib ulgurgan germaniyalik Vinsent Keymer dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi amerikalik Fabiano Karuanani mag'lubiyatga uchratdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing