So’nggi yangiliklar

07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0

08 fev 10:26
Yangiliklar

SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam. Magnus Karlsenni mag'lub etgan Sindarov peshqadam, u faqat amaldagi jahon chempioni bilan durang o'ynadi

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 750 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirning birinchi kungi bahslari ortda qoldi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatnashayotgan musobaqada ikki shaxmatchimiz - Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham o'z mahoratini namoyish qilyapti. 17 fevralga qadar davom etadigan turnir aylana tizimda o'tkazilib, unda bir shaxmatchi qolgan hamma ishtirokchilar bilan rapid formatida o'zaro bahs olib boradi. 

Birinchi kun doirasida 5 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi. Nodirbek Abdusattorov 1-turdayoq amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradju bilan murosaga keldi. Gukesh shu kunning o'zida bilan Javohir Sindarov ham durang o'ynadi. 

Quvonarlisi, Javohir qolgan barcha 4 partiyada reytingda o'zidan yuqorida borayotgan nomdor raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi. Ayniqsa, Magnus Karlsenni qora donalarda taslim etgani yaxshigina shov-shuvga sabab bo'ldi. Yosh grossmeysterimiz germaniyalik Vinsent Keymer, amerikalik Levon Aronyan va sloveniyalik Vladimir Fedoseevni ham mag'lub etdi. Javohir ushbu turnirga saralash vazifasini o'tab bergan musobaqaning finalida aynan Fedoseevga 2:3 hisobida yutqazib qo'ygandi. Bu bilan u o'sha alamli mag'lubiyat uchun ham revansh oldi.  

Nodirbek Abdusattorov esa Gukesh bilan durang o'ynaganidan keyin amerikaliklar Hikaru Nakamura hamda Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib bordi va murosaga keldi. Germaniyalik Vinsent Keymerga yutqazib qo'ydi. Beshinchi turda esa Vladimir Fedoseevni mag'lubiyatga uchratdi. 

Birinchi kungi bahslardan so'ng Fabiano Karuana va Javohir Sindarov 4,5 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Alireza Firuzdja 3,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. Nodirbek Abdusattorov 2,5 ochko bilan 4-o'rinni band etgan. Beshinchi pog'onadagi Magnus Karlsen hisobida 2 ochko bor.

Bugun 6-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi. Ikki kun ichida ikki yosh o'zbek grossmeysteridan mag'lubiyat yomon bo'lmasdi. Oltinchi turda Sindarov oq donalarda amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi o'ynaydi. Ettinchi turda esa o'ziga xos o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Nodirbek  oq donalarda Javohir bilan hisob-kitob qiladi. 

Bugun 4 ta tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Kuchli sakkiztalikdan joy olgan shaxmatchilar pley-off bosqichiga yo'l oladi. Bu bosqichda har bir match ikki klassik partiyadan iborat bo'ladi. Agar ikki uchrashuv natijasiga ko'ra hisob teng bo'lib qolsa, g'olib tay-brekda aniqlanadi. Vaqt nazorati 90 daqiqa bo'lib, keyin har bir yurishga 30 soniyadan qo'shib boriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing